Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rashid Qurbonov Bulung‘ur tumanidagi “Kattaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, ularni o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish, shu hududlarda istimqomat qiluvchi ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xususan, mahalla yettiligi bilan birgalikda ish bilan ta’minlanish maqsadida ro‘yxatga olingan 21 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni hunarga ega bo‘lishlari uchun o‘quv kurslariga jalb qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga qiziquvchilariga yer ajratish orqali bandligini ta’kidlandi.
Shuningdek, R.Qurbonov mazkur mahallada joylashgan 3-maktabning bitiruvchi yoshlari bilan ham uchrashib, ularni kelgusida oliy ta’limga o‘qishga kirish, kasb-hunarga ega bo‘lish borasida tushunchalar berib o‘tdi.