Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Ozod” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari olib borildi.
Dezinfeksiya jarayonida fuqarolarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bundan tashqari mutaxasislar tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilgan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari belgilangan tartibda yo’q qilindi.