Sanepidqoʻmita Toyloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 19-sonli umumta’lim maktab oʻquvchilari o’rtasida mavsumiy yuqumli kasalliklar hamda parazitar kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida o’quvchilarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bundan tashqari maktab hududi maxsus kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirish ishlari o’tkazildi.