Sanepidqo‘mita Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi xodimlari, veterinariya bo‘limi xodimlari va bozor ma’muriyati hamkorligida Kattaqo‘rg‘on shahar Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan dehqon bozorida sanitar targ’ibot ishlari olib borildi.
Targ’ibot ishlari davomida sotuvchilar tomonidan sotilayotgan oziq – ovqat mahsulotlarini sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari ko’zdan kechirildi. Botulizm kasalligi va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha tushintirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari mutaxasislar tomonidan iste’molga yaroqsiz deb topilgan, uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida yo’q qilindi.
Shuningdek, aholi o’rtasida turli xil yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida bozor hududida maxsus kimyoviy vositalar yordamida zararsizlantirish ishlari o’tkazildi.