Yangiliklar

2026-04-12

Dehqon bozorida sanitar targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

topics-img

Sanepidqo‘mita Qo‘shrabot tuman bo‘limi xodimlari, tuman veterinariya laboratoriyasi hamda bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda “Qo‘shrabot dehqon bozori”da sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligini ta’minlash va sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida keng qamrovli sanitar targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va sotuvchilarga belgilangan gigiyenik talablar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Xususan, mahsulotlarni yopiq holda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, maxsus kiyim-boshda savdo qilish, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish kabi talablarga amal qilish boʻyicha tushunchalar berildi. 

Shuningdek, aholi oʻrtasida turli xil yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida tavsiyalar berildi.