Sanipidqo’mita Oqdaryo tuman bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi “Kumushkent”, “O'zbekiston”, “Oytamg'ali”, “Galavarot” MFY hududida aniqlangan yuqumli kasallik o'choqlarida profilaktik chora tadbirlar tashkil etildi. Virusli gepatit A va boshqa yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi. Kasallik o'choqlarida yakuniy zararsizlash ishlari o'tkazildi.
Shuningdek, aholi o’rtasida Gripp, O’RVI kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari o’tkazildi. Tarqatma materiallar tarqatildi.