Dehqon bozorida sanitar targ'ibot ishlari olib borildi
Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman bo'limi xodimlari tomonidan tuman aholisi o’rtasida turli xil yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlari tarqalishini oldini olish maqsadida tumandagi dehqon bozorida keng qamrovli sanitar targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Targ’ibot ishlari davomida savdo qiluvchilar va tadbirkorlarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, maxsus kiyim-boshda savdo qilishlari, mahsulotlarni usti yopiq holatda saqlashlari va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida turli xil yuqumli, parazitar kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.