Organizm uchun zarur bo‘lgan yod moddasi yetishmasa, bir qator sog‘liq muammolari yuzaga keladi. Ayniqsa bolalar, homilador ayollar va keksalar bunday tanqislikka sezgir.
Yod yetishmovchiligining oqibatlari:
📌Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi
📌Gormonlar ishlab chiqarilishi pasayadi, moddalar almashinuvi sekinlashadi.
📌Kretinizm va aqliy rivojlanishning sustlashuvi
📌Homiladorlik davrida yod yetishmasa, bola rivojlanishi jiddiy zarar ko‘rishi mumkin.
📌Go‘vak (zob) paydo bo‘lishi
📌Qalqonsimon bez kattalashib, bo‘yin shaklida o‘zgarishlar yuzaga keladi.
📌Immunitetning pasayishi
📌Organizm infeksiyalarga tezroq chalinadi.
📌Charchoq, uyquchanlik va diqqat susayishi
📌Asab tizimi ham yod yetishmovchiligidan ta’sirlanadi.
Yod tanqisligining oldini olish uchun:
Yodlangan tuz iste’mol qilish
Baliq, dengiz mahsulotlari, tuxum, sut mahsulotlarini muntazam iste’mol qilish