Hozirgi kunga kelib dunyo bo’ylab juda ko’p virus turlari mavjud. Ammo viruslar qancha vaqt yashashini bilasizmi?
⌛Gripp
Bu virus xonalardagi 22 daraja issiq haroratda 2 soatdan 9 soatgacha, inson qo‘lida 5 daqiqa, metall va plastic materialda 24 soatdan 48 soatgacha yashaydi. Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz. 60 daraja issiqqacha qizdirilganda halok bo‘ladi.
⌛COVID-19
Narsa, buyumlar yuzasida - 22 daraja iliq havo va 40 foiz namlikda bir necha soatdan besh kungacha saqlanadi. Dezinfeksiyalash vositalariga chidamsiz. Virus 56 darajagacha qizdirilganda 15 daqiqa ichida halok bo‘ladi.
⌛OITS
Havoda bir necha daqiqa. Ishlatilgan shpritslarda, 22 darajadan 37 gacha bo‘lgan haroratda, 7 kungacha. Dezinfeksiya vositalariga chidamsiz. 56 darajagacha qizdirilganda 30 daqiqa faol, qaynatilganda 1 daqiqadan so‘ng halok bo‘ladi.
⌛Rotaviruslar
Vodoprovod suvida ikki oygacha. Atrof-muhit yuzalarida 45 kungacha, meva va sabzavotlar sirtida 5 kundan 30 kungacha saqlanadi. Dezinfeksiya vositalariga chidamli, 50 darajagacha bo‘lgan issiqlikka bardosh bera oladi va hatto xlorlangan suvda o‘lmaydi.
⌛Qizamiq
Muhitdagi sirtlar va havodagi -15 va undan past haroratlarda bir necha hafta davomida, xona haroratida bir necha soat tirik qoladi xolos. Virus ultrabinafsha nurlari va kunduzgi yorug‘lik ta’sirida nobud bo‘ladi.