Shunday mahsulotlar borki, ular sizning umringizni ancha qisqartirishi mumkin.
⚠️Chips – Kartoshka chipslarining zarari shundan iboratki, uning tarkibida trans-yog‘lar mavjud. Trans-yog‘lar inson organizmi uchun zararli yog‘lar guruhiga kiradi. U shifokorlar buyuradigan parhezli taomlar tarkibida umuman uchramaydi. Trans-yog‘lar insonlarda uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sababchilaridan biridir.
⚠️Kolbasa va konserva mahsulotlari – Saratonni tadqiq qilish xalqaro agentligi o‘tkazgan tadqiqotda 10 ta davlatdan 22 ekspert o‘rganish olib borgan. O‘rganish natijasiga ko‘ra, qizil go‘sht va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari saratonga moyillikni oshiradi, deb topilgan.
Qizil go‘sht, asosan, yo‘g‘on ichak saratoniga sabab bo‘ladi, bundan tashqari, oshqozon osti bezi va prostata saratoniga ham sabab bo‘lishi mumkin. Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari esa yo‘g‘on ichak saratoniga sabab bo‘lish xavfi yuqori va tadqiqot buni isbotlash uchun yetarlicha dalil to‘play olgan.
⚠️Ketchup va mayonez – Ketchup tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lganligi sabab uni ko‘p yeyish qon bosimi yoki buyrak kasalligi bor bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Mayonezni ko‘p iste’mol qiluvchilarni ortiqcha kaloriyalar yig‘ilishi “ta’qib qiladi”. Chunki 100 gr mayonezda 660 kkal kaloriya mavjud.
⚠️Tez tayyor bo’luvchi yarim tayyor ovqatlar – xususan, yarim tayyor lag’mon mahsulotlari. Bu kabi lag’mon tarkibida ko’p miqdorda tuz mavjud bo’ladi. Tuzni meʼyordan ko‘p isteʼmol qilish yuqori qon bosimi xavfini oshiradi. Bu yurak va qon tomirlar bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Yurak xuruji va qon tomirlari xavfi ortadi.
⚠️Gazlangan shirin ichimliklar – Gazlangan shirin ichimliklarni muntazam iste’mol qilish organizmga o‘zgarish kiritadi, qarish jarayonini tezlashtiradi, metabolizmni sekinlashtiradi va boshqa organlar holatiga salbiy ta’sir qiladi.
Yuqoridagi mahsulotlar inson organizmi uchun xavfli hisoblanadi. Bu mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish sog’lig’ingizda jiddiy o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.