Yangiliklar

2026-02-27

Transyog‘lar organizmga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatadi?

topics-img

Trans yog’lar – sanoat usulida qayta ishlangan yog‘lar bo‘lib, ko‘pincha margarin, fast fud, qovurilgan taomlar va qadoqlangan pishiriqlarda uchraydi. Ularni ko‘p iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli hisoblanadi.

❗️Salbiy ta’sirlari:

Qonda zararli xolesterin miqdorini oshiradi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, qon tomirlarning torayishiga olib keladi, ortiqcha vazn va semizlik rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari 2‑tur qandli diabet paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

⌛Xulosa:

Sog‘lom ovqatlanish uchun transyog‘lar mavjud mahsulotlarni kamroq iste’mol qilish, tabiiy va yangi oziq-ovqatlarni tanlash tavsiya etiladi.