Sanepidqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 1-sonli Oilaviy poliklinikada Gripp, O‘RVI, Quturish va Gepatit A kasalliklarining oldini olish bo‘yicha tibbiy xodimlar o‘rtasida seminar va suhbatlar o‘tkazildi.
Tekshiruv jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tibbiy hujjatlarning yuritilishi, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda buyruqda belgilangan talablarning amalda bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar belgilandi.