Sanepidqo‘mita Ishtixon tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi dehqon bozori hududida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o’rganildi.
O’rganish ishlari davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, iste’molga yaroqliligi, ishlab chiqarilgan vaqti hamda joyining mavjudligi ko’zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Bundan tashqari aholi o’rtasida turli xil mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari o’tkazildi.