Sariyog‘ va sutni pishloq, qatiq va shunga o‘xshash sut mahsulotlaridan alohida saqlagan ma’qul. Chunki bunday mahsulotlarning hidi o‘tkir bo‘ladi.
Smetana 7 darajadan yuqori bo‘lmagan salqin va qorong‘u joyda yaxshi saqlanadi.
Tvorog yogʻoch idishda usti tuzli suvda namlangan doka bilan yopilgan holatda uzoq vaqt saqlanadi.
Pishloq qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, tez mog‘orlaydi. Buning oldini olish qiyin emas. Pishloqni mum surtilgan qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz kifoya.
Sut mahsulotlari saqlanadigan joyda yoqimsiz hid va mog‘or paydo bo‘lmasligi uchun dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish lozim.
Mog‘or bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan yaxshilab artish lozim.