Yangiliklar

2026-02-01

Seminar bo‘lib o‘tdi

topics-img

Sanepidqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 16-sonli Oilaviy poliklinika tibbiy xodimlari ishtirokida Gripp, O‘RVI, Quturish hamda Gepatit A kabi yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan seminar va tushuntirish suhbatlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda tibbiyot muassasasining shifokor va hamshiralari ishtirok etib, mavsumiy yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalish yo‘llari hamda ularning oldini olish choralariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, emlash ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.