Sanepidqo‘mita Kattaqo’rg’on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 13-sonli umumta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida Gripp, O’RVI kabi yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida sanitar targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Profilaktika tadbirlari doirasida mutaxassislar o’quvchilarga sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.