Sanepidqo‘mita Oqdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Po’latdarxon” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida Gripp, O‘RVI kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida sanitar targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarga uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilmaslik, xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati, yaroqlilik muddati, qadog’ining buzilmaganligiga e’tibor berish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari uy sharoitida tayyorlangan, sifati buzilgan deb gumon qilingan konsereva mahsulotlari xolislar ishtirokida, belgilangan tartibda yo’q qilindi.