Sanepidqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 36-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida Qizamiq, Gripp, O‘RVI kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida sanitar targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tushunchalar berildi. Bundan tashqari muassasa hududida maxsus kimyoviy vositalar yordamida zararsizlantirish ishlari o’tkazildi.