Yangiliklar

2025-11-17

Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi ogohlantiradi!

topics-img

❗️Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi ogohlantiradi!
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga autsorsing xizmati asosida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi tadbirkorlar.
 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya epidemiologik osayishtaligi to‘g‘risida”gi, "Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonunlari hamda “O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar”i to‘g‘risidagi 0016-21-sonli sanitariya qoidalari va me’yorlari belgilangan.

Mazkur normada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida ishlatilishiga ruxsat berilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati keltirilgan. 

Ruxsat etilmagan mahsulotlarni iste’mol qilinishi ortidan bolalar o‘rtasida turli xil yuqumli kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarini keltirib chiqaradi. 

Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini yuzaga keltirish O‘zbekiston Respublikasining Mamuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 53-moddasi bilan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha jarima jazosi qo‘llaniladi.

Shuningdek, guruhli ovqatdan zaharlanish holatlarida Jinoyat Kodeksining 257-prim 1-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar!

Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishi yoki sotilishiga guvoh bo‘lsangiz bevosita Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘ining +998904677799 raqami yoki +998-66-231-12-41 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin! 

O‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymang! 

Ogoh bo‘ling!