Yangiliklar

2026-04-13

Samarqandda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda

topics-img

Samarqandda “Aholi salomatligini saqlash maqsadida salomatlikka nisbatan xavflar haqida muloqot va hamjamiyat ishtiroki” va “Emlashning ahamiyati, aholiga to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazishda OAVning o‘rni” mavzularida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda UNICEF hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur seminarga Qo‘mitaning Samarqand va Jizzax viloyatlari tuman hamda shahar bo‘limlari Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etmoqda.

AQSH Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan va UNICEF tomonidan amalga oshiriladigan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi (Global Health Security Program) dasturi asosida amalga oshirilayotgan mazkur treningda hududlardagi mutaxassislarning aholi bilan samarali muloqot qilish, salomatlikka tahdid soluvchi xavflar haqida to‘g‘ri axborot berish va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

– Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish va xavflar haqida xabar berish hamda jamoatchilik bilan aloqalar dasturi AQSH hukumatining UNICEF tomonidan amalga oshirilayotgan Global sog‘liqni saqlash xavfsizligi (Global Health Security Program) dasturi asosida amalga oshirilmoqda, deydi Sanepidqo‘mita matuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maftuna Saidova. – Mazkur treninglar rejali ravishda respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazilib kelinmoqda. Hududiy o‘tkazilib kelinayotgan mazkur seminarlarda Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida faoliyat yurituvchi OAV va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xodimlarining malakalari oshirildi. Seminardan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoatchilik bilan samarali muloqot olib borish bo‘yicha nafaqat soha xodimlarini bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, balki targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda aholining har bir jabhasini hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarziga yetaklash.

Seminarlar doirasida ishtirokchilar aholi salomatligini muhofaza qilishda xavflar haqida to‘g‘ri muloqot yuritish, jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning samarali usullari hamda emlashning ahamiyati va aholiga ishonchli ma’lumotlarni yetkazishda OAVning o‘rni mavzularida o‘zlarining bilim va malakalarini oshirmoqda.

Tadbirda davomida ishtirokchilar bilim va ko‘nikmalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida boyitib bormoqda.