Yangiliklar

2026-01-22

Rasmiy munosabat

topics-img

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tuman Chumchuqli MFYda sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda qoramollarning boqilishi insonlar sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirayotganligi to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi. 

Mazkur holat bo‘yicha Sanepidqo‘mita Samarqand viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Samarqand tuman Chumchuqli MFYda yashovchi fuqaro H.D. ayni paytda hech kim yashamaydigan  yashash xonadonida 15 bosh yirik shoxli qoramol, 50 ta tovuq boqayotganligi aniqlangan. 

Fuqaro R.M.ning murojaati asosida Sanepidqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi mutaxassislari, Chumchuqli MFY rasisi va mahalla faollari ishtirokida holat joyida borib o‘rganilgan. 

O‘rganish jarayonida fuqaro H.D.ga “Aholini yashash joylari atmosfera havosisini muxofaza qilish” to‘g‘risidagi №0350-17-sonli sanitariya qoidalari va me’yorlari tushuntirilgan. Xususan, qonunda talabiga ko‘ra, 5 tagacha qoramol boqiladigan joy aholi uylaridan 20 metr uzoqlikda, 6 tadan ortiq katta yoshli qoramol boqiladigan joy esa aholi uyidan 50 metr uzoqlikda bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. 

Sanepitqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi asosida holat bir necha bor o‘rganilib, fuqaro H.D.ga nisbatan Sanitariya-gigiyena qoidalari va epidemiyaga qarshi kurash tartibini buzganligi haqida bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan tilxat va tushuntirish xatlari olingan.

Biroq, fuqaro H.D. bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, yirik shoxli mollarni sanitariya-gigiyena qoidalari va me’yorlari talablariga rioya etmasdan boqib kelayotganligi aniqlangan. 

Fuqaroga jarima choralari kurilib, murojaatchiga talab va norma asoslarida kerakli javob xatlari berildi. 
  
O‘z navbatida murojaatchi fuqaro R.M.ga Sanepidqo‘mita Samarqand tuman bo‘limi mutaxassislari hamda boshqa vakolatli organlarning xulosasini olgan holda sud organlariga murojaat qilish mumkinligi tushuntirilgan.