Yangiliklar

2026-03-22

Quturish kasalligi insonni o’limiga sabab bo’ladi(mi?)

topics-img

Quturish kasalligi — quturish virusi qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.

Virus shikastlangan teri orqali asab tizimi tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi so’nggi yillarda quturish kasalligidan o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish sanaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin.

Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.

Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:

🔴Isitma

🔴Mushaklarning kuchsizligi;

🔴Og’riqlar.

Bu asosiy belgilari tashqari yana tana haroratining 37 °C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi, tishlangan joyda og’riqlar qayd qilinishi mumkin.

Kasallikni tarqatuvchi hayvonlarga itlar, ko’rshapalaklar, mushuklar, sigirlar, echki, otlar kabi hayvonlar kiradi.

Hayvonlar quturishining asosiy belgisi — uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib qoladi. 

2005-yilgacha kasallikning klinik belgilari namoyon bo’la boshlanganda quturishni davolashning samarali usullari fanga ma’lum emas edi. Ko’pincha azobli holatni yengillashtirish uchun simptomatik vositalar bilan cheklanishga to’g’ri kelardi. 

Hozirgi kunda quturish virusi yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator vaksinalar bilan emlanadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi.