Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman bo'lim xodimlari tomonidan tumandagi dehqon bozori hududida keng qamrovli sanitariya-targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Targibot ishlari davomida savdo qiluvchilar va tadbirkorlarga belgilangan joylarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, maxsus kiyim-boshda savdo qilishlari, mahsulotlarni usti yopiq holatda saqlashlari va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Xususan, aholi oʻrtasida turli xil yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishini oldini olish hamda aholini tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.