Har qanday toza mahsulotda ham infeksiyalar mavjud va har doim inson hayotiga xavf solib turadi.
2022-yilgi Jahon statistikasiga ko’ra, 13,7 mln inson infeksiyadan vafot etgan. Bundan 7,7 mln inson o'limi, aynan, Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Streptococcus pneumoniae, Klebsiella pneumoniae va Pseudomonas aeruginosa kabi bakterialar ta’sirida yuzaga kelgan.
Staphylococcus aureus 135 mamlakatda o'limning asosiy bakterial sababi ekanligi va 15 yoshdan oshgan insonlar o'limiga sabab bo'lganligi ko'rsatilgan.
Qizig'i shundaki, 6 million o'lim infektsiyaning uchta asosiy joyida sodir bo'lgan: pastki nafas yo'llari, sepsis va qorin bo'shlig'i infektsiyasi.
Bu kabi bakterialardan himoyalanishning eng yaxshi yo’li doimiy ravishda gigeyenaga amal qilish. Ya’ni qo’llarni muntazam yuvish, nam sochiq va antiseptik vositalardan foydalanish.
Hozirgi kunda jahonda bakteria bilan zararlanishning oldini olish uchun antibiotik terapiyasini optimallashtirish, mikrobiologik tekshirishni takomillashtirish, yangi vaktsinalarni ishlab chiqish, mavjud vaktsinalardan yanada samarali va kengroq foydalanish kuchaytirilgan.