Sanepidqo’mita Samarqand tuman bo’limi xodimlari tomonidan tumandagi “Andijoni” MFY hududida joylashgan 30-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida suvchechak kasalligi buyicha epidemiologik surushtiruv olib borildi.
Surishtiruv jaroyonida kasallik aniqlangan bolalarga tibbiy yordam ko’rsatildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar o’rtasida Gripp, O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) kabi mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida sanitar targ‘ibot ishlari olib borildi.