Sanepidqo’mita Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Saroy” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida Gripp, OʻRVI, Gepatit A kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.
Dezinfeksiya tadbirlari davomida fuqarolarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tarqatma materiallar tarqatildi.
Profilaktik dezinfeksiya — bu sog‘lom odamlarga yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olishga qaratilgan muhim sanitariya tadbiridir.