Yangiliklar

2026-02-06

Profilaktik dezinfeksiya tadbiri o‘tkazildi

topics-img

Sanepidqoʻmita Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Konigil” MFY hududida joylashgan 53-sonli umumta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida Gripp, OʻRVI, Gepatit A kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari olib borildi.

Dezinfeksiya tadbirlari davomida maktab sinfxonalari, hojatxonalar va ularning atrofidagi hududlar maxsus kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirildi.

Profilaktik dezinfeksiya — bu sog‘lom odamlarga yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olishga qaratilgan muhim sanitariya tadbiridir.