Sanepidqo’mita Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi "Mirza Salimiy" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida Gripp va OʻRVI, Gepatit A kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya tadbirlari o’tkazildi.
Shuningdek, fuqarolarga yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish bo’yicha tavsiyalar berildi. Tarqatma materiallar tarqatildi.
Profilaktik dezinfeksiya — bu sog‘lom odamlarga yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olishga qaratilgan muhim sanitariya tadbiridir.