Yangiliklar

2026-01-23

Profilaktik dezinfeksiya tadbiri o‘tkazildi

topics-img

Sanepidqo’mita Paxtachi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi iqtisoslashgan maktab o’quvchilari o’rtasida Gripp, O’RVI hamda Gepatit A kabi yuqumli kasalliklari tarqalishini oldini olish maqsadida maktabning o’quv xonalari, faollar zali, oshxona hamda hojatxona qismida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirlarni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar o’rtasida sog‘lom muhitni yaratish hamda yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olish.