Yangiliklar

2026-03-09

Profilaktik dezinfeksiya tadbiri o‘tkazildi

topics-img

Sanepidqoʻmita Samarqand tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 23-sonli umumta’lim maktab o’quvchilari o’rtasida Gripp, OʻRVI, Gepatit A kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya ishlari o’tkazildi.

Dezinfeksiya jarayonida maktab sinfxonalari, hojatxonalar va ularning atrofidagi hududlar maxsus kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirildi.

Profilaktik dezinfeksiya — bu sog‘lom odamlarga yuqumli kasalliklar yuqishining oldini olishga qaratilgan muhim sanitariya tadbiridir.