Sanepidqoʻmita Kattaqo’rg’on tuman boʼlimi xodimlari tomonidan tumandagi "Olmazor" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o'rtasida Gripp, O‘RVI kabi mavsumiy yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi.
Targ’ibot tadbirlari davomida fuqarolarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, tarqatma materiallar tarqatildi.