Yangiliklar

2026-01-25

Poliz ekinlari laboratoriyada qanday tekshiriladi?

topics-img

Bizning dasturxonimizni  bezab  turgan tarvuz, qovun, bodring va boshqa poliz ekinlari mazali, lekin bu mahsulotlar haqiqatan ham xavfsizmi? 

Har bir ekindan muayyan tartibda namunalar olinadi va maxsus idishlarga joylashtiriladi. Bu jarayon gigiyena va me’yorlar asosida olib boriladi.

Nitrat miqdori tahlili
Eng asosiy tekshiruv — nitratlar miqdori. Agar u belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa, mahsulot inson salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin.

Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan kimyoviy vositalar — pestisidlar hech qanday iz qoldirmagan holda organizmga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun, ular laboratoriyada yuqori aniqlikda tekshiriladi.

Mikrobiologik tahlil
Mahsulotda zararli bakteriyalar bor-yo‘qligi tekshiriladi. 

Organoleptik va fizik-kimyoviy tahlillar
Mahsulotning ta’mi, hidi, tashqi ko‘rinishi va kimyoviy tarkibi ham baholanadi.