O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan hududlarda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, Sanepidqoʻmita Qo‘shrabot tuman boʻlimi xodimlari hamda “Qo‘rg‘on” MFY mas’ullari hamkorligida 88-12-sonli umumta’lim maktabda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va sport musobaqalari tashkil etildi.
Jumladan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini, kitobxonlik tanlovi, kibersport, shaxmat-shashka musobaqasi hamda sportning basketbol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida qiziqarli bellashuvlar o‘tkazildi.
Musobaqalar davomida yoshlar o‘zlarining bilim salohiyati, sportga bo‘lgan qiziqishi hamda jamoaviylik ruhini namoyon etdilar.