Yangiliklar

2026-01-18

Oziq ovqat xavsizligi oyligi

topics-img

Sanepidqo’mita Samarqand tuman bo’limi xodimlari tomonidan “Oziq-ovqat xavfsizligi” oyligi doirasida Samarqand tuman “Maroqand dehqon bozori”da sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, qadog’ining buzilmaganligi saqlash sharoiti ko’zdan kechirildi.

Sifati buzilgan, iste’molga yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlari xolislar ishtirokida, belgilangan tartibda yo’q qilindi. Tadbirkorlarga tushuntirish ishlari olib borildi. 

Shuningdek, fuqarolar o’rtasida Gripp, O‘RVI, Gepatit A hamda botulizm kabi kasalliklarni oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi.