Sanepidqo‘mita Qo‘shrabot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Qoʻrgʻon” MFY hududida joylashgan oziq-ovqat do‘konlari hamda umumiy ovqatlanish shaxobchalarida targ‘ibot ishlari o’tkazildi.
Targ’ibot ishlari davomida do’konlardagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan vaqti hamda joyining mavjudligi ko’zdan kechirildi. Bundan tashqari umumiy ovqatlanish shaxobchalarida sotilayotgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.