Sanepidqo‘mita Samarqand tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumanidagi ”Qo‘shko‘prik” MFY hududida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkor Ahmedov A.ga qarashli savdo do‘konida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o’rganildi.
O’rganish ishlari davomida mutaxasislar tomonidan do‘konda 2 dona mayonez va 3 quti pishiriq iste’molga yaroqsiz deb topildi. Ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Tadbirkorga muddati o’tgan, sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.