Yangiliklar

2026-03-18

Oshxona "gupka"sida 54 milliard bakteriya borligini bilasizmi?

topics-img

Har bir oshxonada kunlik idishlarni yuvish uchun oshxona shimgichlari (gupka) mavjud. Ammo, mana shu shimgichlar uydagi eng xavfli buyum desak ishonasizmi?

🔴2017-yilda Yustus-Libig Gissen universiteti va Furtvangen universiteti o’tkazgan tadqiqot natijalariga ko’ra, bir dona oshxona gupkasida 362 xil turdagi taxminan 54 milliard bakteriya to‘planadi. Bu esa yer yuzidagi odamlar sonidan 6,7 marta ko’p.
 
Tadqiqot davomida mutaxassislar mamlakatning turli shaharlaridagi turli uy xo'jaliklaridan to'plagan oshxona shimgichlarining namunalari ko'rib chiqdi. Shu bilan bir qatorda, so'rovnoma o'tkazildi: gubkalar qanchalik tez-tez almashtirilgan va ular uyda qanday tozalangan?

Afsuski, ba’zi insonlar gupkalarni oylar davomida ham almashtirmaganligini aytishgan. Bunday shimgichlar Ichida tasavvur qilib bo’lmas darajadagi bakteriyalar to’planishiga olib kelganligi aniq. Tadqiqot mualliflari oshxona shimgichlarini har haftada almashtirish lozimligini ta’kidlagan. 

Tadqiqot mualliflari oshxona gigienasiga rioya qilmaslik turli xildagi infektsiyalar bilan zararlanishga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Gubkalar esa bu yerdagi infektsiyaning asosiy manbalaridan biridir.