2021 yildagi jahon statistikasiga ko’ra, butun dunyo bo’ylab 68 millondan ko’p insonlar vafot etgan. Shundan o‘limning 10 ta asosiy sababidan 39 million inson dunyodan ko’z yumgan. Bu esa umumiy o’lim ko’rsatgichining 57%ini tashkil etadi.
1️⃣ Yurak ishemik kasalliklaridan- 9 mln
2️⃣ Covid-19 dan- 8,5 mln
3️⃣ Insultdan- 7 mln
4️⃣ O’pka surunkali obstruktiv kasalligidan- 3,6 mln
5️⃣ Pastki nafas yo'llarining infektsiyalaridan- 3 mln
6️⃣ O’pka bronx, traxeya saratonidan- 2 mln
7️⃣ Altsgeymer kasalligi va boshqa demansiyadan- 1,8 mln
8️⃣ Qandli diabetdan- 1,6 mln
9️⃣ Buyrak kasalligidan- 1,5 mln
1️⃣0️⃣ Sil kasalligidan- 1,5 mln inson hayotdan ko’z yumgan.
O'lim sabablarini uch toifaga bo'lish mumkin: yuqumli, yuqumli bo'lmagan va jarohatlar. 2021-yilda dunyoda o‘limning 10 ta asosiy sababidan yettitasi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘lib, umumiy o‘limning 38 foizini va o‘limning asosiy 10 sababidan 68 foizini tashkil qiladi.
Kasalliklarga chalinmaslik uchun doimiy shifokor ko’rigidan o’tish, vaqtida virusga qarshi vaksina bilan emlanish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, ovqatlanish ratsioniga e’tibor qaratish hamda o’z sog’lig’iga befarq bo’lmaslik lozim.