Yangiliklar

2026-01-05

Nega buyraklarimizda qum hosil bo’ladi?

topics-img

Buyraklar qonni tozalaydi, tanadagi suv komponenti, qon bosimi va qizil qon hujayralarining miqdoriy tarkibi uchun javobgar bo'lgan gormonlarni sintez qilish, shuningdek, oqsillar, uglevod va lipidlar muvozanatini saqlashga hissa qo'shadi. Ya'ni, buyraklarsiz insonning normal hayotini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisining atigi 17 foizi mutlaqo sog'lom buyraklarga ega. Qolganlarida bu muhim organning ishida ma'lum bir kamchiliklar mavjud. 

Qum faqat yoshi kattalarda mavjud degan fikr noto’g’ri. Qum har qanday yoshdagi shaxsda uchraydi. Bundan tashqari, qum paydo bo'lishiga olib keladigan juda ko'p sabablar bo'lishi mumkin:

Kasallikka irsiy moyillik.

Noto'g'ri tashkil etilgan ovqatlanish.

Gormonlarning yetishmasligi.

Tanadagi kaltsiyning ortiqcha yoki yetarli emasligi.

Siydik chiqarish yo'llarining surunkali infektsiyalari shular jumlasidandir.

Buyraklarda qum bo'lsa nima qilish kerak? Birinchi navbatda, urolog yoki nefrolog bilan maslahatlashish lozim. Shifokor tekshiruv natijalarga asoslanib, terapiya usulini belgilaydi. 

Agar kasallik rivojlanmagan bo'lsa, unda to'g'ri ovqatlanish va muayyan parhez bilan siz qumdan qutulishingiz mumkin, shuningdek, yangi paydo bo'lishining oldini olishingiz va buyraklar faoliyatini barqarorlashtirishingiz mumkin. 

Rivojlangan bo’lsa, shifokor sizga yozib bergan dori darmonlarni muntazam qabul qilish orqali bundan halos bo’lishimgiz mumkin.