Yangiliklar

2026-03-21

Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!

topics-img

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu qadimiy va qutlug‘ ayyom yurtimizga yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ruhini olib kiradi.
Navro‘z barchamiz uchun yangi marralar, ulkan zafarlar va ezgu niyatlar ro‘yobi uchun mustahkam zamin bo‘lsin. Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda muvaffaqiyat va yuksak natijalar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin!
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!

Latif RUSTAMOV Sanepidqo’mita Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig’i