Yangiliklar

2026-04-09

Meningit kasalligini oldini olish

topics-img

Sanepidqo’mita Samarqand shahar bo’limi xodimlari tomonidan 1-son Oilaviy poliklinikada aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, xususan Meningit kasalligini erta aniqlash va samarali profilaktika choralarini kuchaytirish maqsadida seminar tashkil etildi. 

Seminar davomida мeningit kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo’llari, klinik belgilari, kasallikning og’ir asoratlari hamda uni erta bosqichda aniqlashning ahamiyati atroflicha tushuntirib o’tildi. 

Yakunda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Mazkur tadbir aholi o’rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, yuqumli kasalliklarga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish va meningit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.