Kattaqo‘rg‘on tumanida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshchiligida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida qutirish kasalligi tarqalishini oldini olish”mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi. Mashgʻulotda Sanepidqoʻmita Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari ham ishtirok etdi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi quturish kasalligining oldini olish, favqulodda holatlarda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatni ta’minlash, shuningdek, shaxsiy tarkibning amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi. O‘quv mashqi uch bosqichda o‘tkazilib, dastlab saf ko‘rigi va shaylik tekshiruvi amalga oshirildi, nazariy qismda mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar tinglandi va savol-javoblar o‘tkazildi.
Amaliy bosqichda esa jabrlanganga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, antirabik vaksina qo‘llash, qarovsiz itni aniqlash va izolyasiya qilish, shuningdek emlash hamda targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha harakatlar bajarildi.
Mashg‘ulot yakunida hisobotlar tinglanib, aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama qilindi hamda kelgusida hamkorlikni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.