Yangiliklar

2026-04-03

Maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar

topics-img

🚫Maktab oshxonalarida taqiqlanadi:

Gazli ichimliklar, energetik ichimliklar, chips, kuchli ziravorli gazaklar, fast-fud mahsulotlari, dudlangan mahsulotlar, yarim tayyor muzlatilgan mahsulotlar, kremlari tez buziladigan qandolat mahsulotlari, uy sharoitida tayyorlangan noma’lum mahsulotlar sotish mumkin emas.

Bu kabi mahsulotlar oshqozon-ichak kasalliklari xavfi, allergik reaksiyalar, semirish va metabolik buzilishlar kabi kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.

‼️Hurmatli ota-onalar!

Farzandingiz nima iste’mol qilayotganiga befarq bo’lmang.