Sanepidqoʻmita Qoʻshrabot tuman boʼlimi xodimlari tomonidan tumandagi "Qiyqim" MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, Gripp, O‘RVI kabi yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida profilaktik targ'ibot tadbirlari olib borildi.
Targ’ibot tadbirlari davomida fuqarolarga yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholi xonadonlarida profilaktik dezinfeksiya ishlari o’tkazildi.