Makaron mahsulotlari aholining kundalik ratsionida keng qo‘llaniladi. Shu sababli ularning sifati va xavfsizligi sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob berishi shart. Laboratoriya tekshiruvlari bir necha muhim bosqichlardan iborat:
1️⃣Organoleptik tekshiruv:
Rangi: bir xil, dog‘larsiz;
Hidi: begona hidlarsiz;
Ta’mi: nordon yoki achchiq bo‘lmasligi kerak;
Tashqi ko‘rinishi: sinmagan, mog‘orlanmagan;
2️⃣ Fizik-kimyoviy tahlillar:
Namlik miqdori – 13% dan oshmasligi kerak;
Kislotalilik – un sifati va saqlash sharoitini baholash uchun;
Kleykovina (gluten) sifati – makaron mustahkamligi va pishish xususiyatini aniqlaydi;
Kul miqdori – unning navini aniqlashda muhim ko‘rsatkich;
3️⃣Mikrobiologik tekshiruv:
Mezofil aerob mikroorganizmlar soni;
Mog‘or va xamirturush zamburug‘lari;
Patogen mikroorganizmlar bo‘lmasligi shart;
4️⃣Qadoqlash va markirovka nazorati:
Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlari, yaroqlilik muddati, saqlash sharoiti, texnik reglament va standartlarga muvofiqligi.