Yangiliklar

2026-03-20

Kremli mahsulotlarni qanday saqlash kerak?

topics-img

Kremli mahsulotlar - tarkibi tez buziluvchi mahsulotlarga kiradi. Shu sababli ularni saqlashda maxsus harorat talab etiladi. 

Quyidagi mahsulotlarda ularni saqlash muddati va harorati keltirilgan.

Qaymoqli kremli ruletlar-36 soatdan ortiq bo’lmagan muddatda +2 dan +4°C gacha

Qaymoqli krem-24 soatdan ortiq bo’lmagan muddatda  +2 dan +4 °C gacha  

Tvorogli biskvit va ruletlar-18 soatdan ortiq boʻlmagan muddatda +2 dan +4 °C gacha 

Kremli pishloqlar-5 kundan ortiq boʻlmagan muddatda +2 dan  +4 °C gacha  saqlash kerak.

Kremli mahsulotlarni sotib olishda yaroqlilik muddatiga, qadoqning sifatli ekanligiga hamda idish ichiga havo o’tmaganligiga e’tibor berish juda muhum.