Yangiliklar

2026-02-28

Gijja — turlari, yuqishi va ulardan qutulish

topics-img

Zamonaviy jamiyatda gijjalar hali ham keng tarqalgan. Gijjalar, ayniqsa, bolalar, ovchilar, baliqchilar va ularning oilalarida, shuningdek, qishloq joylarda yashovchi kishilarda ko’p uchraydi.

Gijjalar — bu bir qator parazit chuvalchanglar bo’lib, hayvon va o’simliklar hisobiga yashaydi, ularning ichida rivojlanadi va ko’payadi. Insonlar ham bundan istisno emas. Faqat bizning mamlakatimiz hududida parazitlarning 60 dan ortiq turlari mavjud. Statistikaga ko’ra, yer sayyorasining har uchinchi insoni qurt-parazitlar tomonidan zararlangan. 

Gijjalar tuproq va suv orqali, hayvonlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa orqali, hasharot chaqishi kabi yo’llar bilan yuqadi.

✔️Ko’pincha orqa chiqaruv teshigida qichishish paydo bo’lishi;

✔️Teri ustida donachalar va dog’larning paydo bo’lishi;

✔️Bosh og’rig’i, bosh aylanishi hollari tez-tez uchraydi;

✔️Kutilmaganda tez-tez ko’ngil aynishi. Zaharlanishsiz qusish;

✔️Uyquning buzilishi;

✔️Oyoqlarning to’satdan shishishi;

✔️Yo’tal, bronxit, astmatik xurujlar, teri reaktsiyasi kabi allergiya;

✔️Tezda o’tib ketadigan og’riqlar;

✔️Ovqatlanishlar orasida og’izda achchiq ta’m sezish;

✔️Zaiflik, ma’lum sabablarsiz charchash sizning organizmingizda gijja borligini bildiradi.

Gijjalardan qutulish uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim. Tavsiya etilgan dorilarni muntazam qabul qilish va tibbiy ko’rikni kechiktirmaslik lozim.