Sanepidqo‘mita Toyloq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktab o’quvchilar o’rtasida Gepatit A kasalligi tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik choralar ko‘rildi.
Mutaxassislar tomonidan maktab binosida profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borildi. Sinf xonalar, yo‘laklar, hojatxonalar hamda umumiy foydalanish joylari maxsus kimyoviy vositalar zararsizlantirildi. Kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Gepatit A kasalligini oldini olishda gigiyena qoidalariga rioya qilish va profilaktik choralarni bajarish eng muhim himoya vositasidir.