Yangiliklar

2026-04-05

Biologik faol qo‘shimcha (BFQ) nima?

topics-img

Biologik faol qo‘shimchalar — bu organizmni vitamin, mineral, aminokislota, yog‘ kislotalari, o‘simlik ekstraktlari kabi moddalarga qo‘shimcha ravishda boyitish uchun mo‘ljallangan mahsulotlardir. Ular dori vositasi emas, balki oziq-ovqatga qo‘shimcha hisoblanadi.

❗️Asosiy turlari:

Vitamin va mineral komplekslar, omega-3 yog‘ kislotalari, probiotiklar, o‘simlik ekstraktlari, oqsil va aminokislota qo‘shimchalari hisoblanadi.

❓Qachon foydali?

Vitamin-mineral yetishmovchiligida, homiladorlik va emizish davrida (shifokor nazorati bilan), kuchli jismoniy yoki aqliy zo‘riqishda, ratsion yetarli bo‘lmaganda ushbu qo’shimchalar foydali hisoblanadi.

❗️Muhim ogohlantirish

BFQlar kasallikni davolamaydi, me’yoridan ortiq qabul qilish zarar keltirishi mumkin, bolalar, homiladorlar va surunkali kasalligi borlar shifokor bilan maslahatlashishi shart. Shuningdek, sertifikatlangan mahsulotlarni tanlash zarur.