Yangiliklar

2026-01-11

Bezgakdan saqlaning!

topics-img

Bezgak (malaria) - Plasmodium jinsiga  mansub parazitlar chaqiradigan yuqumli kasallik bo‘lib, asosan  Anofelus turidagi chivinlar orqali yuqadi. Parazitlar chivin chaqishi orqali, qon orqali jigar hujayralariga yetib boradi va u yerda ko‘payadi. So‘ngra qonga qaytib chiqib, eritrositlar ichida ko‘payadi. va eritrositni parchalaydi. Eritrositlarning parchalanishi natijasida harorat ko‘tarilishi, titroq va boshqa simptomlar  paydo bo‘ladi. 

Bezgak bugungi kunda asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Bezgak xavfi yuqori bo‘lgan davlatlarga sayohat qiluvchilar uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rish juda muhim.

1. Sayohat oldidan 2-4 hafta oldin infeksion kasalliklar bo‘yicha shifokorga murojat qiling. Qaysi hududga borishingizga qarab, sizga dori profilaktikasi tayinlanadi.

2. Sayohat davomida chivin chaqishidan saqlanish uchun tunda moskit to‘rlarida uxlash, och rangli uzun yengli kiyimlar kiyish, ochiq teriga  shifokor ko‘rsatmasiga binoan repellent surtish lozim. Bundan tashqari, xonalarda chivinlarga qarshi dezinfeksiya qilish kerak.

3. Safardan qaytgach antimalarial dorilarni to‘liq kurs bo‘yicha davom ettirish kerak. Agar safardan qayganinggizdan so’ng 1 oy ichida (hatto bir yildan keyin ham) isitma, titroq, holsizlik kabi simptonlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling va safarda bezgak xavfi bo‘lgan joyda bo‘lganingizni ayting.